Aug 12, 00:28
Umumiy ma'lumotlar

Farg‘ona xalqaro aeroporti MChJ – 3,6 million kishi aholiga ega bo‘lgan Farg‘ona viloyati uchun xizmat ko‘rsatuvchi vodiydagi eng yirik aeroportlardan biri hisoblanadi.

     Aeroport O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyati markazidan atigi 5 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu transport logistikasi nuqtai nazaridan yo‘lovchilar uchun juda qulay.

     Aeroport 1938 yilda tashkil etilgan va "Uzbekistan Airports" AJning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

     “Farg‘ona” aeroportining asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

- havo kemalariga yerda xizmat ko‘rsatish;

- yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish;

- yuklar bilan ishlash;

- pochta bilan ishlash;

     Qayta tiklashdan so‘ng, aeroport ICAOning birinchi toifasiga muvofiq sertifikatlangan va barcha turdagi havo kemalarini shu jumladan sharq va g‘arbda ishlab chiqariladigan havo kemalarini (shu jumladan Boeing 767, Airbus-330, IL-76, An-124) hamda barcha turdagi vertolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Aeroportdan Toshkentga hamda Rossiyaning yirik shaharlari hisoblangan Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsklarga muntazam reyslar amalga oshiriladi.

Ta'kidlash joizki, muntazam reyslardan tashqari, aeroportdan ko‘plab charter reyslar hamda dunyoning ko‘plab davlatlariga yuk junatmalar amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu maqsadda aeroport ma’muriyati qayta jihozlash ishlarini ham yo‘lga qo‘ygan.

Aeroport parametrlari

• Uchish-qo‘nish yo‘lagining (18/36) geometrik o‘lchamlari 2860x50 metrni tashkil etadi

• GMT vaqt mintaqasi (yoz / qish): + 5 / + 5

• Aeroport koordinatalari: 40.375740 shimoliy kenglik, 71.751303 sharqiy uzunlik

• Aeroport kodi (IATA): FEG

• Aeroport kodi (ICAO): UTFF

•Aeroport binosida soatiga 400ta yo‘lovchini o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan bitta umumiy terminal mavjud.  

 

Statistika
stat
9
Yo'nalish
stat
1204
Barcha parvozlar

(01.01-15.01.2020)

stat
154648
Yo`lovchilar

(01.01-15.01.2020)

Hamkorlar