Aug 11, 23:38
Jismoniy imkoniyati cheklanganlaruchun

Fargona xalqaro aeroporti aviakompaniyalarga jismoniy imkoniyati cheklangan yolovchilarning harakatlanishlariga yordam beradigan xizmatlarni taqdim etadi. Bunda nogironlar aravachasi, ambulift va shu kabi jihozlar mavjud. Aeroport hududida jismoniy imkoniyati cheklangan yolovchilarga xizmatlar bepul taqdim etiladi.

Ushbu toifadagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi uchun oldindan talabnoma berish lozim. Talabnoma chiptada ko‘rsatilgan uchib ketish va kelish vaqtidan 48 soat oldin topshirilishi kerak.

Aeroportga kelgandan so‘ng, aerovokzal maydonining oldidagi jismoniy imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarning avtomobillari uchun mo‘ljallangan maxsus to‘xtab turish joyida o‘rnatilgan chaqiruv ustunlari orqali qong‘iroq qilish lozim yoki aeroport axborot byurosiga murojaat qilish yo’li bilan yoki +99873 241-60-04 raqamlariga qo‘g‘iroqni amalga oshirib buyurtma berish mumkin: