Aug 12, 00:28
Ona va bola xonasi

Ona va bola xonasi birinchi qavatda joylashgan bolib, u maktabgacha yoshda bolgan (7 yoshgacha) bolasi bilan uchib ketayotgan yolovchilar va 14 yoshgacha bolgan nogiron bolalar, shuningdek homiladorlikning ikkinchi yarmidagi ayollar uchun xizmat korsatishga moljallangan.

Ona va bola xonasida bo‘lish uchun to‘lov olinmaydi.

Xonalarda mavjud:

• Muzlatgich, mikroto‘lqinli pech va ovqatlantirish uchun mo‘ljallangan bolalar stulchalari bilan jihozlangan xona (idishlar berilmaydi).

•  Bolalar karavotlari va yo‘rgaklash stoli bilan jihozlangan yotoqxona.

• labirint, bolalar uchun tepalikcha, stullarga ega stolchalar, divanlar, kreslolar va televizor bilan jihozlangan o‘yin xonasi.

• Stol, stullar, kiyim shkafi, ilmoq, qo‘l yuki uchun mo‘ljallangan yacheykalik shkaf va televizor bilan jihozlangan kutish xonasi. Kiraverishda baxilalar beriladi.

• Hamom va hojatxona.

Qoidalar:

Ona va bola xonasining xizmatlaridan birinchi navbatda emizikli farzandi bor, ikkita va undan ko‘p farzandga ega  va 14 yoshgacha nogiron farzandi bo‘lgan yo‘lovchilar foydalanadilar.

Yosh bolali yo‘lovchilar ona va bola xonasiga navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan bolalar tekshirilganidan so’ng, o‘rnatilgan namunadagi guvohnoma olishadi. Hamda pasport, bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, almashtirish kartasi (homiladorlar uchun) va chipta hamda bortga chiqish taloni taqdim etilganidan so‘ng qo‘yiladi.

Bolalarni ovqatlantirish ularga hamroh bo‘lgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar va 14 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga bitta yoshi katta shaxs hamrohligida xizmat ko‘rsatiladi.

Hamrohlik qilayotgan shaxs bolani qarovsiz qoldirmasligi kerak.

Ona va bola xonasida, shu jumladan oyin xonasida bolalarning xavfsizligi va sog‘lig‘i uchun javobgarlik hamrohlik qilayotgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.

Shaxsiy buyumlar saqlanishi uchun javobgarlik hamrohlik qilayotgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.

Cheklovlar:

Yo‘lovchilar ona va bola xonasiga faqat qo‘l yuki bilan kirishlari mumkin (yuk aerovokzalning birinchi qavatida bo‘lgan saqlash xonasiga topshiriladi).

O‘tkir va yuqumli kasalliklari aniqlangan bolalar ona va bola xonasiga kiritilmaydi.

Uy hayvonlari bilan yo‘lovchilar ona va bola xonasiga kiritilmaydi.

Ona va bola xonasida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish hamda alkogol va narkotik ta’siridagi holatda bo‘lish taqiqlanadi