Aug 12, 00:20
Yuklarni o‘rash

 

Ushbu xizmat turi ixtiyoriy;

Yuklarni o’rashning afzalliklari:

-          Ushbu xizmat sizning yuklaringizni saqlash sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi. O’rash orqali sumka va boshqa turdagi yuklarni bir manzildan boshqa manzilga uchish davomida xavfsizlik va extiyot nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi;

-           Yukni o‘rash xizmatidan foydalangan yo‘lovchilar, tinchgina sayohat qilishlari va yuklarining saqlanishi to‘g‘risida qayg‘urmasliklari mumkin.

Terminal majmuasiga kiraverishda ochiq holatdagi yuklar nazoratdan o’tkazilishi sizning vaqtingizni olishi mumkin. Qadoqlangan,o’ralgan yuklar tekshirilishidagi qiyinchiliklarni chetlab o‘tish uchun, qo’l kelishi bilan ahamiyatlidir. Bunda dastlabki tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng yukni o‘rash tavsiya etiladi. Mustaqil ravishda yukni o‘rash parvoz oldi tekshiruvini o‘tkazish vaqtida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi va yukni transportirovka qilishda yetarli darajada himoyani ta’minlamaydi.

Yukni (qo‘l yuki) o‘rash narxi – 1 o‘ringa 7000 so‘m.

* Ikkita yukni bittaga birlashtirish taqiqlanadi!