Aug 12, 00:28
Yukni qidirish

Agarda uchib kelishda, yuklarni olish tasmasidan sizning yukingiz topilmagan taqdirda yuklarni qidirish xizmatiga murojaat qilishingiz kerak. 

Yetib kelmagan yuk to‘g‘risidagi arizani rasmiylashtirish uchun quyidagilar bo‘lishi lozim:

- bortga chiqish taloni;

- yuk yorlig‘ining talon yirtilgan bo’lagi;

Yetib kelmagan yuk to‘g‘risidagi arizada siz chamadoningiz yoki sumkangiz hamda ularning ichidagi narsalar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berishingiz kerak.

Oz vaqtida kelmagan yukni olish

Kechikan yuklaringizni aeroport hududida jiylashgan maxsus bo’limdan olishingiz mumkin. Yuklarni topshirish qidiruv xizmatida amalga oshiriladi.

Yo‘qolgan yukni olish uchun sizga quyidagilar zarur:

- yuk yorlig‘ining talon yirtilgan bo’lagi;

- pasport;

- yuk yetib kelmaganligi to‘g‘risida PIR dalolatnomasi.

Shikastlangan yuk

Agar uchib kelishda sizning yukingiz shikastlanganligini yoki uning ichidagi ba'zi narsalar yo‘qolganligini aniqlasangiz, darhol yukni qidirish xizmatiga murojaat qilishingiz kerak.

Xodim tegishli dalolatnomani tuzadi va sizga keyingi harakatlar tartibini tushuntiradi.

Shikastlanganligi yoki ichidagi narsa yo‘qolganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sizda quyidagilar bo‘lishi kerak:

- chipta;

- yuk yorlig‘ining talon yirtilgan bo’lagi;

- shikastlangan yoki ichidagi narsasi yo’qolgan yuk.

Dalolatnoma rasmiylashtirmasdan yuklarni olish zalidan chiqib ketsangiz, yukni tashishda nosozlik to‘g‘risidagi shikoyat bilan faqatgina aviakompaniya-tashuvchisiga murojaat qilishingiz mumkin. Yukni olish zalini tark etsangiz, yukni tashishda nosozlik to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzish mumkin hisoblanmaydi. 

Yuk qidiruvi bo‘limining elektron manzili: claim.feg@uzbairports.uz