Sep 19, 10:43
Sayohat qilishni rejalashtirgan yo'lovchilar uchun muhim ma'lumot.
plus O’zbekiston

 

  • Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi yo’lovchilar COVID-19 virusini aniqlash maqsadida maxsus PCR (polimer zanjiri reaktsiyasi) tekshiruvidan parvoz vaqtidan 72 soat oldin o’tishi talab qilinadi. Ushbu tekshiruv natijasiga ko’ra manfiy chiqqan natija haqidagi ma’lumotoma ingliz yoki rus tillarida taqdim etiladi.
  • Yo'lovchilar aeroport hududiga tashrif buyurganda hamda samolyot bortiga kirish davomida maxsus talablarga bo’ysungan holda qo'lqop va niqop bo’lishlari talab qilinadi. Xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda himoya vositalarini oldindan yoningizda bo'lishini ta'minlashingizni so'raymiz.
  • Aeroport hududiga kirish qismida har bir yo’lovchimaxsus tekshiruvlardan o’tkaziladi. Tana harorati 37° va undan yuqori bo’lgan yo’lovchilar xavfsizlik nuqtai nazaridan aeroport hududiga kiritilmasligini ma’lum qilamiz.
  • COVID-19 kasalligi yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma va tahlil natijalari mahalliy yo'nalishlarda talab qilinmaydi.
  • Shaxsiy himoya vositalarini parvoz davomida yechmaslik tavsiya etiladi.
plus Belarus

Belarus Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tishda barcha tashrif buyuruvchilarga (yuk tashishni amalga oshiradigan va Belarus Respublikasi orqali tranzit bilan kuzatib boradigan haydovchilar bundan mustasno) “Kelish bo‘yicha so‘rovnoma” va “O‘zini yakkalash qoidalari” eslatmasi beriladi. Sanitariya-karantin punkti mutaxassisi barcha kelganlar uchun termometriya - tana haroratini o‘lchash (teplovizor yoki kontaktsiz termometr yordamida) va (sog‘liqqa oid shikoyatlar borligi yoki yo‘qligiga) so‘rov o‘tkazadi. COVID-19 infektsiyasi bilan bog‘liq dunyodagi mavjud epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Belarus Respublikasiga (qabul qiluvchi davlatdan qat’i nazar) barcha yuklar (yuk tashish va Belarus Respublikasi orqali tranzitni amalga oshiradigan haydovchilar bundan mustasno) kelgan kundan boshlab, 14 kun ichida o‘z-o‘zini yakkalash (karantin bilan adashtirmaslik zarur) tartibiga rioya qilishlari kerak.

plus Qozog'iston

Xorijiy davlatlardan Qozog‘istonga kelayotgan barcha yo‘lovchilar hukumat sanitar-karantin talablari bilan tanishib chiqishi zarur.

O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasiga kelayotgan yo‘lovchilarga cheklov choralari qo‘llaniladi:

1) termometriya

2) so‘rovnoma

3) Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tishda topshirilganiga 5 sutkadan ortiq bo‘lmagan vaqtda PCR usuli bilan laboratoriya tekshiruvining manfiy natijali COVID-19 uchun tekshiruv ma’lumotnomasi mavjud bo‘lsa, (keyinchalik matnda ma’lumotnoma deb yuritiladi) – cheklovlarsiz;

4) Ma’lumotnoma bo‘lmagan taqdirda - COVID-19 uchun PCR usuli bilan laboratoriya tekshiruvi (chet-el fuqarolari uchun) kelgan manzilida, (Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari uchun) yashash joyida kelgan kunidan boshlab 48 soat ichida uni topshirish majburiyati to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.shuningdek, uy karantinida 14 kun davomida turish talab etiladi.

Hujjatga havola:

https://www.gov.kz/uploads/2020/8/16/5323f18853e13cb69c7621f49ca22787_original.1765227.docx

Xorijiy fuqarolar uchun Qozog‘iston Respublikasining viza tartibi.

Qozog‘iston Respublikasi Hukumatining qaroriga binoan 2020-yil 1-noyabrga qadar qator mamlakatlarning chet el fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirish, qolish va chiqishning vizasiz tartibi to‘xtatilgan edi. Viza tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin:

https://www.gov.kz/memleket/entities/mfa/press/article/details/6764?lang=ru

Pandemiya davrida Qozog‘iston hududiga kirishga cheklovlar.

Karantin cheklovlari davrida Qozog‘iston Respublikasi hududiga kirish uchun chet el fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo aloqasini tiklagan mamlakat fuqarosi bo‘lishi kerak. Ya’ni, Toshkent-Olmata/Nur-Sulton-Toshkent qatnovlarida tashish uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. “Qozog‘iston Respublikasi chegarasini kesib o‘tish tartibi” to‘g‘risida batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: 

https://www.gov.kz/memleket/entities/shekaraknb/press/news/details/poryadok-peresecheniya-gosudarstvennoy-granicy-respubliki-kazahstan-na-period-karantinnyh-ogranicheniy?lang=ru.

plus Germaniya

Qoidalar / qoidalar (hokimiyat maʼlumotlari):

- Xavfli hududlardan qaytayotgan sayohatchilar uchun majburiy testlar

Rasmiy koʼrsatmalarga muvofiq, 2020 yil 8-avgustdan boshlab xavfli hududlardan qaytayotgan sayohatchilar uchun majburiy tekshiruv amal qiladi. Xavfli hududdan qaytayotgan har bir kishi, kelishidan oldin, joʼnash joyida 48 soat ichida yoki Germaniyaga kirgandan keyin 72 soat ichida Covid-19 testidan oʼtishi kerak. Mazkur test bepul va Terminal 1 va temir yoʼl stantsiyasini bogʼlaydigan piyodalar koʼprigida joylashgan ikkala test markazlarida bevosita aeroportda va yoki har qanday sinov joylarida o’tish imkoni mavjud (masalan, roʼyxatga olingan shifokorlar, kasalxonalar, sogʼliqni saqlash idoralarida va boshqalar).

Aniqlash uchun quyidagi maʼlumotlar:

- Agar yoʼlovchi xavfsiz aeroportdan yetib kelgan boʼlsa, lekin kelishidan 14 kun oldin xavfli hududda boʼlgan boʼlsa, yetib kelganida darhol sogʼliqni saqlash boʼyicha masʼul idora bilan bogʼlanish va tibbiy koʼrikdan oʼtish uning majburiyatiga kiradi.

Yoʼlovchilar uchun maʼlumot varagʼi: WWW.RKI.DE/COVID-19-BMG-MERKBLATT

Yoʼlovchilar joylashgan joy xaritasi (PLC): WWW.RKI.DE/COVID-19-AUSSTEIGEKARTEN

Xavfli hududlarni aniqlash: HTTPS://WWW.RKI.DE/COVID-19-RISIKOGEBIETE

Boshqalar:

- Aeroportda Covid 19 uchun sinovlarni o'tkazish imkoniyati

Hozirda aeroportda ikkita sinov markazi, shuningdek aeroport klinikasida bitta markaz mavjud.

Gessen yeri hukumati / DRK (Nemis qizil xoch):

Ushbu sinov markazi xavfli hududlardan kelayotgan yo'lovchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Xavfli bo'lmagan hududlardan kelayotgan yo'lovchilar ham kelganidan keyin 72 soat ichida bepul sinovdan o'tishlari mumkin. Ushbu yo'lovchilardan o'zlarining shifokorlari, shifoxonalari yoki boshqa sinov markazlarida tekshiruvdan o'tishlari so'raladi.

Ish vaqti: 05:30 - 23:30

Narxi: bepul

DRK haqidagi ma'lumotlarni quyidagi bo'limda topish mumkin

https://www.drkfrankfurt.de/index.php/nachrichten-leser/319.html

- Tsentogen:

Covid testlari barcha sayohatchilar uchun mavjud (uchib ketayotgan va kelayotgan)

Ish vaqti: 06:00 - 19:30.

Narx: 59 € - natijalar 6-8 soat ichida / 139 € natijalar 3 soat ichida / qaytib kelgan sayohatchilar uchun sinovlar bepul

Centogene haqida ma'lumotni quyidagi manzilda topish mumkin

https://www.centogen.com/covid-19/test-centers/frankfurt-airport.html

- Aeroport klinikasi:

Bundan tashqari, qo'shimcha to'lov evaziga - ixtiyoriy sinov Frankfurt aeroportidagi klinikada o'tkazilishi mumkin. Ma'lumotni quyidagi manzildan olish mumkin

https://www.fraport.com/en/business-areas/operations/medical-center.html.

Asosiy ma'lumotlar:

https://b2b.frankfurt-airport.com/en/airlines-b2b/coronavirus.html

Aussteigekarten-COVID

Poster Flyer COVID entry mandatory testing

plus BAA

1. Barcha yo'lovchilar, Dubay amirligining Dubay aeroportiga kiruvchi yoki undan chiquvchi fuqarolar, rezidentlar va sayyohlar uchun belgilangan hukumat protokollari va shartlariga rioya qilishlari kerak.

2. Dubayga keluvchi barcha yo'lovchilar (shu jumladan tranzit) amal qilish muddati 96 soat bo'lgan COVID-19 uchun PCR-testi salbiyligini tasdiqlovchi ingliz tilida rasmiylashtirilgan yoki ingliz tiliga rasmiy tarjima bilan tasdiqlangan hujjatga ega bo'lishlari kerak. 12 yoshgacha bo'lgan bolalar hamda o'rtacha va og'ir darajadagi imkoniyati cheklangan bolalar PCR-testini topshirishdan ozod qilinadi.

3. Dubayga kelgan barcha yo'lovchilar (sayyohlar/viza kirishda) BAAda foydalanishlari mumkin bo'lgan tibbiy sug'urtaga ega bo'lishlari kerak.

4. Dubay aeroportlari orqali parvoz qiluvchi barcha tranzit/transfer yo'lovchilar amaldagi tibbiy sug'urtaga ega bo‘lishlari tavsiya etiladi.

5. Barcha yo'lovchilar HEALTH DECLARATION FORMni Dubayga/dan jo'nashlaridan oldin to'ldirishlari kerak. Quyida (HEALTH DECLARATION FORM blank) shakli ilovada keltirilgan.

Declaration Form.pdf

plus Hindiston

Hindiston hukumatining eslatmasi/sirkulyari

Safarni rejalashtirishdan avval:

I. Barcha sayohatchilar rejalashtirilgan safardan kamida 72 soat oldin onlayn-portalda (www.newdelhiairport.in) mustaqil deklaratsiya varaqasini to'ldirishlari kerak..

II. Ushbu deklaratsiyani to'ldirayotganda, yo’lovchilar 14 kun davomida majburiy karantindan o'tishga, ya'ni 7 kunlik o'z hisobidan institutsional karantin, undan keyin so'g'lig'ini o'zi nazorat qilgan holda uyda 7 kun o'zini yakkalash tartibida bo'lishga rozilik berishlari kerak.

III. Ma'lum sabablarga ko'ra / ba'zi holatlarda, masalan, homiladorlik, oilada o'lim, jiddiy kasallik, 10 yoshgacha va undan kichik yoshdagi bolalari bo'lgan ota-onalarga 14 kunlik karantinni uyda o'tishga ruxsat berilishi mumkin.

IV. Agar ular yuqoridagi (III) paragrafga muvofiq bunday imtiyozga ega bo'lishni istasalar, onlayn-portalga (www.newdelhiairport.in) mamlakatga kirishdan kamida 72 soat oldin ariza bilan murojaat qilishlari kerak. Onlayn-portalda e'lon qilingan hukumat qarori yakuniy bo'ladi.

V. Sayohatchilar, shuningdek, mamlakatga kelishi bilan RTPCR testining salbiy natijasini taqdim etgan holda institutsional karantindan ozod qilishni ham so'rashlari mumkin. Ushbu test tahlili sayohatgacha 96 soat ichida o'tkazilishi lozim. Test tahlilini ko'rib chiqish uchun portalga yuklash kerak. Har bir yo'lovchi tahlil haqiqiyligi to'g'risida deklaratsiyani ham to'ldirishi kerak, agar aksi aniqlansa, u jinoiy javobgarlikka tortiladi. Test tahlili Hindistonga kirish punktida, aeroportga yetib kelganda taqdim etilishi ham mumkin.

Qo'nishdan avval:

I. Chiptalarni taqdim etishda agentliklar sayohatchilarga ruxsat etilgan va ta`qiqlangan harakatlar to'g'risida ma'lumot berishlari kerak.

II. Barcha yo'lovchilarga “Arogya Setu” ilovasini mobil qurilmalariga yuklab olish tavsiya etiladi.

III. Samolyot sahniga termal tekshiruvdan o'tgan va tegishli kasallik alomatlari bo'lmagan yo'lovchilargina chiqariladi.

IV. Quruqlik chegarasidan o'tgan yo'lovchilar ham yuqorida ko'rsatilgan protokoldan o'tishlari kerak va simptomlari bo'lmagan shaxslargina Hindiston chegarasini kesib o'tishlari mumkin.

Sayohat davomida:

I. Portaldagi deklaratsiya varaqasini to'ldirmagan sayohatchilar uni parvoz davomida/ samolyot sahnida ikki nusxada to'ldirishlari lozim, uning nusxasi aeroportdagi sog'liqni saqlash va immigratsiya xizmatlari xodimlariga beriladi. Shu bilan bir qatorda, bunday sayohatchilar, agar imkoniyat bo'lsa, deklaratsiya varaqasini onlayn-portalda kelish aeroportida tegishli idoralar ko'rsatmalariga muvofiq to'ldirishlari mumkin.

ESLATMA. Shtatlar yo'lovchilarning tegishli shtatga yetib kelganidan so'ng baholashlariga qarab o'z karantin va izolyatsiya protokolini ishlab chiqishlari mumkin.

Circular 3.8.2020

plus Qirg‘iziston

Qirg‘iziston Respublikasi hukumati tomonidan muntazam parvozlarni tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining 2020-yil 14-avgustdagi N274-p buyrug‘i, “Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining 2020-yil 17-martdagi N84-p-sonli buyrug‘iga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, shuningdek Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining yuqoridagi buyrug‘i qabul qilindi. Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bir qator buyruqlarini bajarish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasiga kirish uchun koronavirus infektsiyasining pasayishi va epidemiologiya holatining barqarorlashuvi kuzatilgan xorijiy davlatlarning ro‘yxatini joriy etildi: Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Belgiya, Buyuk Britaniya,Germaniya, Gruziya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Qozog‘iston, Qatar, XXR, Kuvayt, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malayziya, BAA, Pokiston, Portugaliya, Rossiya Federatsiyasi, Sloveniya, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Yaponiya. Mazkur davlatlarning fuqarolari shu davlatlardan birining hududidan kelgan taqdirda Qirg‘iziston hududiga kirishga ruxsat etiladi (masalan, O‘zbekiston  fuqarolari Qirg‘izistonga Rossiya Federatsiyasi hududidan kelishi mumkin). Ushbu fuqarolar belgilangan mamlakatlardan birining hududida 14 kundan ortiq bo‘lsa, COVID-19 uchun manfiy PCR testi talab etilmaydi.

plus Turkiya

Barcha fuqarolar belgilangan viza rejimi asosida Turkiyaga qabul qilinadi.

plus Janubiy Koreya

Sentyabr oxirigacha yo‘lovchilarni tashish foiz nisbatida amalga oshiriladi: 90% - Koreya fuqarolari, 10% - F6 va F2 vizalari bo‘lgan chet el fuqarolari. Tranzit yo‘lovchilarni tashish taqiqlangan. Koreya Respublikasiga uchayotgan barcha xorijiy yo‘lovchilar parvozdan oldin 48 soat ichida Elchixona tomonidan belgilangan quyidagi klinikalarda PCR usulida COVID19 test sinovidan o‘tishlari shart:

VITROS DIAGNOSTICS,

SWISS LAB,

GENO TEXNOLOGIYA

COVID-19 uchun PCR usuli bilan topshirilgan sinovning manfiy natijali ma’lumotnoma ingliz yoki koreys tillarida bo‘lishi yoki tasdiqlangan tarjimasiga ega bo‘lishi kerak.

Mazkur ma’lumotnoma uchish aeroportida ro‘yxatdan o‘tishdan oldin va Koreya Respublikasi aeroportiga kelganda immigratsiya va karantin nazoratidan o‘tayotganda taqdim etilishi kerak. Ma’lumotnoma bo‘lmagan taqdirda, mamlakatga kirishni rad etish shaklida choralar ko‘riladi.

Shuningdek, har bir yo‘lovchi quyidagi dasturni o‘rnatishi kerak:

http://ncov.mowhw.go.kr/selfcheck/

Manba: www.uzairways.com