May 06, 20:37
Aviakompaniyalar uchun

Hurmatli hamkasblar!

  COVID-19 koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda pandemiya davrida muntazam xalqaro aviareyslarni bajarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnoma talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchib kelayotgan yo‘lovchilar reys uchishidan avvalgi amal qilish muddati 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan, COVID-19ga PZR usuli bilan topshirilgan test javobi manfiy bo‘lgan rus va ingiliz tillaridagi ma’lumotnomani hamda 14 kunga o‘zini-o‘zi yakalash majburiyati bilan anketani taqdim etishlari lozim.

  Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sizlarga yo‘lovchilar tomonidan uchishda to‘ldirilishi va uchib kelishda taqdim etilishi uchun  ro‘yxatga olish ustunlarida yo‘lovchilarga taqdim etish maqsadida  rus va o‘zbek tillaridagi majburiyat anketasini jo‘natmoqdamiz.    

  Ushbu ma’lumotlarni bajarish uchun qabul qilishingizni so‘raymiz.

Anketani yuklash

Statistika
stat
9
Yo'nalish
stat
1204
Barcha parvozlar

(01.01-15.01.2020)

stat
154648
Yo`lovchilar

(01.01-15.01.2020)

Hamkorlar