Oct 21, 03:26
Aeroport tarixi

Sobiq ittifoq davrida aeroport qo'shma aeroport ko’rinishida edi, ya'ni parvozlar guruhi bilan birga u yerda harbiy transport aviatsiyasi joylashgan edi (1960 yildan 194-gvardiya Bryansk Qizil bayroqli Sovet Ittifoqi qahramoni Nikolay Gastello nomidagi harbiy transport aviatsiya polki; 1995 yildan beri 63-O'zbekiston Havo Kuchlarining 1-alohida transport polki). 1999 yilda aerodromning harbiy bazasi tarqatib yuborildi.

Hozirgi kunda "UZBEKISTAN AIRPORTS" tarkibiga kiruvchi "Farg'ona xalqaro aeroporti" MChJ 1938 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda u deyarli barcha turdagi zamonaviy samolyotlarni qabul qilish va xizmat korsatishni taminlaydi.

Hozirda aeroportda O'zbekiston - Toshkent va Rossiya shaharlari - Moskva (Vnukovo, Domodedovo va Sheremetev aeroportlariga), Sankt-Peterburg, Qozon, Irkutsk, Novosibirskga doimiy yo'lovchi reyslari amalga oshirilmoqda. Umumiy qabul qilingan aviatsiya standartlari asosida yo'lovchilarga havo transporti bilan bog'liq barcha xizmatlar ko'rsatiladi: chiptalarni bron qilish va sotish, parvozlarni ro'yxatdan o'tkazish. O'rnatilgan zamonaviy uskunalar tufayli bojxona va chegara nazorati jarayonlari tezlashtirildi.

Aeroport terminali:

   Terminal binosi:

    - valyuta ayirboshlash punkti

    - bufet

    - CIP xonasi

    - VIP-sinf yo'lovchilari xizmat ko'rsatadigan alohida bino

    - sog’lomlashtirish bo’limi

    - ona va bola uchun xona

    - aviakassalar

    - yo'lovchilarni parvozlar to'g'risida xabardor qilishning elektron tizimi

- bankomat

- yuklarni saqlash xonasi

- namoz o'qish uchun xona (nomozxona)

- bepul WIFI tizimi

- yuklarni qadoqlash

- taksilarga qo'ng'iroq qilish xizmati

- infokiosklar(elektron ma’lumotlarni qabul qilish imkoniga ega qurilma)

- bepul shahar telefoni

Farg'ona xalqaro aeroportida rasmiy delegatsiya xizmati zali (ZOO) va CIP Lounge mavjud

Aeroport shahar ichida joylashgan. Shahar markaziga shahar transporti orqali 10-15 daqiqada yetib borish mumkin, bu shaharsozlikning ixchamligi va rivojlangan shahar transport infratuzilmasi mavjudligidan dalolat beradi.

Statistika
stat
9
Yo'nalish
stat
1204
Barcha parvozlar

(01.01-15.01.2020)

stat
154648
Yo`lovchilar

(01.01-15.01.2020)

Hamkorlar