Nov 26, 05:37
O‘zbekiston va Tojikiston transport sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

 O‘zbekiston Transport vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamovning Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim bilan Dushanbeda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki qardosh mamlakat o‘rtasida yuk va yo‘lovchi tashuvlari uzluksizligini ta’minlash, xususan, davlatlar o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish, temir yo‘l sohasidagi hamkorlik hamda yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama qilindi.

Tojikiston Respublikasi Transport vaziri Azim Ibrohim so‘nggi oylarda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat avtotransport qatnovi har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. "Aynan shuning uchun ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishimiz lozim", - deya ta’kidladi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan konstruktiv takliflar bildirdi.

 

Boshqalar