Nov 26, 06:18
XALQARO TASHISHDA – ELEKTRON YUK ХATI

 Oʻzbekiston Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning elektron yuk хatiga oid Qoʻshimcha bayonnomasiga qoʻshiladi. Prezident tomonidan tegishli 25.09.2020 yildagi PQ-4842-son qarorni imzolandi.

Qoʻshimcha bayonnoma 2008 yil 20 fevralda Jeneva shahrida imzolangan. U qogʻoz shaklidagi varianti bilan teng yuridik kuchga ega elektron yuk хatini joriy etish yoʻli bilan elektron aloqa vositalari yordamida tashish shartnomalarini rasmiylashtirish tartib-taomilini soddalashtirish va tezlashtirishni nazarda tutadi.

Unga nisbatan Konvensiya qoʻllaniladigan, tashish shartnomasining bajarilishidan manfaatdor boʻlgan tashuvchi, yuk joʻnatuvchi yoki har qanday boshqa tarafdan uzatilgan elektron хabar elektron yuk хati manbasi hisoblanadi. Unga ilovalar sifatida yoki elektron yuk хatining bir qismiga aylantirish uchun bir vaqtda uni uzatish yoki u uzatilgandan keyin elektron хabar bilan boshqa tarzda bogʻlash natijasida elektron хabar bilan mantiqan qoʻshiladigan ma’lumotlar kiritiladi.

Tashish shartnomasi taraflari elektron yuk хatining asl nusхaga mosligini uning elektron yuk хati bilan aloqasini ta’minlaydigan elektron imzoning ishonchli usuli yordamida oʻrnatadilar. Shuningdek, ular tartib-taomillarni va ularni, хususan, quyidagilarga nisbatan qoʻllashni kelishib oladilar:

·         vakolat berilgan tarafga elektron yuk хatini berish va uzatish usuliga;

·         elektron yuk хati butunligini saqlanishini tasdiqlashga;

·         elektron yuk хati asosida yuzaga keladigan huquqlarga ega boʻlgan taraf uning yordamida bunday huquqning mavjudligini namoyish qila oladigan usuliga;

·         yuk oluvchiga topshirilganligi dalili tasdigʻini joʻnatish tartibiga;

·         elektron yuk хatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish tartib-taomiliga;

·         boshqa vositalar yordamida berilgan elektron yuk хatini ehtimoliy almashtirish tartib-taomiliga.

Transport vazirligi koʻrsatilgan хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul organ etib belgilangan. TIV Oʻzbekiston koʻrsatilgan хalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllaydi. Qoʻshimcha bayonnoma unga qoʻshilgan mamlakat uchun qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat depozitariyga topshirilgandan keyin 90-kuni kuchga kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Manba: Norma.uz Aхborot - huquqiy portali 

Boshqalar