Beshinchi osmon rejimida ishlayotgan mazkur aeroport SRX aviakompaniyasi bilan ham shu yili mart oyidan mustahkam aloqalarini o'rnatgan.
"SRX Transcontinental Inc" 1992 yildan buyon AQShda faoliyat ko'rsatuvchi yirik xalqaro va logistika kompaniyasi hisoblanadi. Bu aviakompaniya dunyoda pandemiya bilan kurashish uchun qator rivojlangan davlatlarga yuk tashish xizmatlarini amalga oshiradi.
SRX aviakompaniyasi «Navoiy xalqaro aeroporti» MChJga o'zining dunyodagi eng yirik sanalgan B747/400 rusumli havo kemalarida parvozlarini charter asosida amalga oshirib kelyapti. Xabar qilganimizdek, 2020 yilning 12 sentyabr kuni soat 09:27 da VIS 231/2302 Karachi/Navoiy/Kuvayt yo'nalishi buyicha B737/300 rusumli havo kemasi Navoiy xalqaro aeroporti maydoniga kelib qo'ndi.