Parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi (keyingi o‘rinlarda - PXBT) – bu zarur tashkiliy tuzilma, mas’uliyat ierarxiyasi, ko‘rsatmalarni va tartib-taomillarni o‘z ichiga olgan parvozlar xavfsizligini boshqarish uchun tizimli yondashuv.
PXBT xizmat ko‘rsatishini ta’minlovchilar, parvozlarni ishlab chiqarishda maqbul xavfsizlik darajasiga erishish maqsadida, parvozlar xavfsizligini boshqarish tashkiliy va tartibli yondashuvini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
2013 yil 25 fevral kuni ICAO kengashi 2013 yil 14 noyabrdan boshlab Xalqaro standartlarni va Taklif qilinayotgan “Parvozlar xavfsizligini boshqarish” amaliyotini (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning 19-Ilovasi) bir ovozda qabul qildi.
“O‘zaeronavigatsiya” Markazi Davlat Unitar Korxonasida, shuningdek tarkibiy bo‘linmalarida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi bo‘yicha samarali ommalashtirish ishlari olib borilmoqda.
Havo harakatini boshqarishdagi PXBT faoliyatini ta’minlovchi asosiy funksiyalar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
- xodimlarni tayyorlash;
- xavfli xavf omilini aniqlash va xavf-xatarni baholash;
- tendensiyalarni kuzatib borish va parvozlar xavfsizligining ta’minlashini tahlil qilish;
- xavf omillarini maqbul darajada kamaytirish bo‘yicha choralarni o‘z vaqtida qabul qilish va keyinchalik shunga o‘xshash xavf-xatar omillariga yo‘l qo‘ymaslik.
“O‘zaeronavigatsiya” Markazining har bir bo‘limida PXBTning samarali ishlashi uchun mas’ul shaxslari bor, ular o‘z navbatida ishchilar o‘rtasida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini ommalashtirishadi, shuningdek xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlaydi. Xavf omillari aniqlanganda, aniqlangan omillarni maqbul darajaga kamaytirish, shuningdek, keyinchalik yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z vaqtida ishlar olib borilmoqda.
Parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimining samarali ishlashi uchun “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKda Parvozlar xavfsizligini boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, Xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha qo‘llanma, Parvozlar xavfsizligi sohasidagi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK siyosati kabi ichki hujjatlar ishlab chiqilgan, shuningdek PXBTni ommalashtirish uchun quyidagi ICAO 19-Ilovasi “Parvozlar xavfsizligini boshqarish”, “Parvozlar xavfsizligini boshqarish bo‘yicha qo‘llanma” Doc 9859 AN/460 ICAO hujjatlaridan foydalaniladi.
Har bir bo‘linmada Xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha guruh mavjud bo‘lib, ular aniqlangan xavf omillarini kuzatib boradi, shuningdek ushbu omillarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi.
PXBTning ishlashi uchun mas’ul bo‘lganlar doimiy ravishda malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
Kundalik ravishda ixtiyoriy xabarlar tizimi (IXT) tarmog‘i bo‘yicha kiruvchi axborot monitoringi olib boriladi.
Har oyda “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKda va uning tarkibiy bo‘linmalarida Parvozlar xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Parvozlar xavfsizligi kuni” yig‘ilishlari o‘tkaziladi, havo harakatiga xizmat ko‘rsatishda parvozlar xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi, shuningdek fuqaro aviatsiyasida PXBT liniyasi bo‘yicha xalqaro amaliyoti muhokama qilinadi.
Parvozlar xavfsizligini ta’minlash va parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimining samarali ishlashi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega.