Farg‘ona xalqaro aeroportida ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-
uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish maqsadida “Eng yaxshi taklif” tanlovini o‘tkazishini e'lon qiladi.
“Eng yaxshi taklif” tanlovi ishtirokchilaridan quyidagi xujjatlarni taqdim
etish so‘raladi:
1. Yuridik shaxsning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi
guvohnoma nusxasi;
2. Xizmat bajarish uchun amaldagi litsenziya-ruxsatnomalardan nusxa;
3. Tashkilot rahbarining pasport nusxasi;
4. Tashkilotning joylashuvi (pochta manzili) va telefon raqami;
5. Tijorat taklifida bajarish muddati, bir ish joyiga ko‘rsatiladigan xizmat
summasi (xizmat safari xarajatlari bilan), tegishli laboratoriya va
mutaxassislarga ega ekanligi to‘g‘risida ma'lumot ko‘rsatiladi;
6. Qayta tashkil etilmayotganligi, tugatilmayotganligi, bankrot xolatida emasligi
yoki oldingi tuzilgan shartnomalari va majburiyatlari yuzasidan sud tartibida
ishi ko‘rilmayotganligi, shuningdek “vijdonsiz” xizmat bajaruvchilarning Yagona
reestrida bo‘lmaganligi xaqida kafolat xati.
Belgilangan muddatlarda zarur xujjatlarni taqdim qilmagan, qayta tashkil
etilayotgan, tugatilayotgan, bankrot xolatida bo‘lgan yoki oldingi buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlari yuzasidan sud tartibida ishi ko‘rilayotgan, “Eng yaxshi taklif” tanlovi e'lon qilingan kunga qadar ta'sis qilinganligiga 6 oydan kam bo‘lgan yuridik shaxslarga tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
“Eng yaxshi taklif” tanlovi bo‘yicha tijorat takliflari e'lon berilgan kundan
boshlab: info.feg@uzbairports.uz elektron manziliga 10 kalendar kun ichida qabul qilinadi.
Aloqa uchun telefon raqami : 91 679- 58-20
MM va TX muhandisi R.Axmadaliev