Feb 02, 13:59
Koronavirusning zaif joyi topildi. Bu haqda kun.uz sayti Science Daily nashriga tayanib xabar bermoqda.

Koronavirusning zaif joyi topildi. Bu haqda kun.uz sayti Science Daily nashriga tayanib xabar bermoqda.

AQShda olimlar SARS-CoV-2 koronavirusining zaif joyini topishdi. Science Daily nashrining xabariga ko‘ra, AQShning Kanzas shtati universiteti mutaxassislari koronavirusga qarshi kurashuvchi preparatlarni tadqiq etish jarayonida ularda infeksiyani bloklovchi tarkibiy qismlar borligini aniqlashdi.

Ma'lum qilinishicha, SARS-CoV-2 rivojlanishida asosiy ferment 3CLpro proteazasi rol o‘ynaydi, unga o‘xshash 3S preparatda ham bor. Tadqiqotchilar olingan proteaza ingibatorlarini MERS koronavirusi yuqtirilgan laboratoriya sichqonlarida sinab ko‘rishgan.

Natijada yuqumli kasallikning zaif joyiga yo‘naltirilgan terapevtik vosita virus replikasiyasini (bo‘linishini) to‘xtatgan.

Olimlarning fikricha, dori vositalarining ushbu to‘plami koronaviruslarning turli tiplarini nafaqat hayvonlarda, insonda ham bloklashga qodir va ular buni kelgusida isbotlamoqchi.

Manba: kun.uz

Boshqalar