May 06, 21:21
Prezidentning koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda:

 - Koronavirusning oldini olish, simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar va ular bilan muloqotda boʼlgan shaxslarga zarur tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha har bir oilaviy poliklinikalar va koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil qilinishi;

 - 2021 yil 1 yanvardan boshlab sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining amaldagi oylik ish haqlariga qoʼshimcha ravishda Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega boʼlganda oylik ustamalar belgilanishi;

 - Sanitariya-epidemiologiya xizmatining byudjetdan tashqari Maxsus jamgʼarmasi tashkil etilishi belgilandi.

Xujjatning rasmiy to'liq shakli

http://lex.uz/m/acts/4914688

Boshqalar