Prezidentning Oʼzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan:
- Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik maqomiga ega boʼlmagan Biologik xavfsizlik markazi hamda Gen texnologiyalari markazi tashkil etildi;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining asosiy vazifalari va faoliyat yoʼnalishlari hamda huquqlari belgilandi.
Shuningdek, qarorga asosan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xujjatning rasmiy to'liq shakli