Feb 02, 17:10
Aeroport milliy ruhda bezatilmoqdi.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrifi davomida Rishton tumanida qurilgan Xalqaro kulolchilik markazida berilgan topshiriqlari va Prezidentining “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida havo darvozalariga tashrif buyuruvchi mehmonlarni  kulolchilikning nodir namunalari bilan yaqindan tanishtirish uchun Farg`ona xalqaro aeroportida uchib ketish va kelish zali milliy ruhda bezatildi.

 

  Mazkur bezakli sopol idishlar Rishton kulolchilik maktabi vakillari tomonidan tayyorlangan bo`lib, to`liq ekpozitsiya kolleksiyasi samoviy bezaklar tushurilgan sharqona usuldagi idishlardan iborat. Bu kabi milliy hunarmandchilik namunalari aeroportda sotuv shahobchalariga ham olib kelingani tashrif buyuruvchilar uchun ham qulay bo`ldi.

Boshqalar