Apr 24, 22:35
Chet davlatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yuk samolyotlari qatnovi orqali eksport qilimoqchi bo'lgan tadbirkorlar diqqaiga!

Bugungi kunda koronanavirus pandemiyasi butun dunyoda avj olganligi sababli maxsus komissiyaning qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasida barcha maxalliy va xalqaro aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgan. O‘zbekiston Respublikasidan chet davlatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yuk samolyotlari qatnovi orqali eksport qilishga cheklovlar qo‘yilmagan. Shu sababli “Farg‘ona” xalqaro aeroporti MChJ yuk samolyotlarida charter qatnovlar tashkil etish imkoniyati mavjudligini va bu qatnovlarda 16 tonnadan 50 tonnagacha mahsulot jo‘natish mumkinligini ma'lum qiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini charter qatnovlar orqali eksport qilish maqsadida bo‘lgan tadbirkorlar, “Farg‘ona” xalqaro aeroporti MChJ  Tashishni tashkillash xizmati raxbari elektron pochta nachsop.feg@uzbairports.uzinfo.feg@uzbairports.uz manziliga quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan so‘rovnomani jo‘natishlari mumkin:

-           Eksportyor haqida to‘liq ma'lumot;

-           Eksport ob'ekti (mahsulot turi);

-           Mahsulot hajmi va vazni;

-           Yuk jo‘natish sanasi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:

73 241-60-04  Aeroport ma'lumotlar byurosi;

73 241-60-07 Tashishni tashkillash xizmati raxbari;

93 980-08-88 Abdunazarov Qobiljon Qaxramonovich TTX raxbari.

Boshqalar