"Farg‘ona xalqaro aeroporti"da Mustaqillik bayrami shukuh bilan nishonlanmoqda!
Bugun aeroportimizda mustaqillik ruhini tarannum etuvchi tadbirlar o‘tkazildi. O‘zbekistonimiz bayrog‘i hilpiragan, Vatanimiz madhiyasi yangragan ushbu shukuhli onlar har bir yurtdoshimiz qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirdi.
"Farg‘ona xalqaro aeroporti" jamoasi doimo parvozlar xavfsizligi, yo‘lovchilar qulayligi va xizmat sifati bilan birga, mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Mustaqillik biz uchun faqat tarixiy sana emas, balki kelajak avlodlar uchun yorug‘ istiqbol va mustahkam tayanchdir.
🇺🇿 Mustaqillik – ozodlik, tinchlik va taraqqiyot ramzi.
Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz baxtu saodatli bo‘lsin!