2025-yil 23-iyun kuni "Farg‘ona xalqaro aeroporti"da Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Farg‘ona shahar elektr energiya boshqarmasi hamda Farg‘ona xalqaro aeroporti fuqarolar muhofazasi tuzilmalari hamkorligida o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida zil-zila sodir bo'lganda va favqulodda elektr energiyasi uzilishi yuzaga kelishi mumkun bo'lgan favqulotlarda xarakatlar mavzusida harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mazkur mashq barcha tegishli xizmatlar o‘zaro hamkorlikda, belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq bajarilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
🔍 Maqsad — favqulodda holatlarda xizmatlarning tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash.