Feb 02, 12:37
"Farg‘ona xalqaro aeroporti"da “Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi

Bugun aeroportimiz xodimlari o‘rtasida ayollar ishtirokidagi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda uch jamoa faol qatnashib, barcha ishtirokchilar g‘olib deb topildi. 

Musobaqa jarayonida kasaba uyushmasining sport bo‘yicha mas’uli Bobirjon va muhandisimiz Farruxbek ishtirokchilarni muzqaymoq va sovuq ichimliklar bilan mehmon qilishdi.

Ishtirokchilar Mustaqillik bayrami tadbirida munosib taqdirlanadilar.

Ushbu musobaqani tashkil etishda yaqindan ko‘mak bergan aeroport rahbariyatiga, ayollarimizni e’zozlab, sport tadbirini haqqoniy o‘tkazilishiga hissa qo‘shgan Kasaba uyushmasiga minnatdorlik bildiramiz.

Tadbir “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” g‘oyasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, xodimlarimiz uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etdi.

Boshqalar