Centrum Air aviakompaniyasi 19-noyabrdan boshlab "Farg’ona xalqaro aeroporti"dan Misrning Sharm El-Shayx shahriga to’g’ridan-to’g’ri parvozlarni yo’lga qo’ydi.
Ushbu parvozlar ikki davlat o’rtasidagi turizm aloqalarini yaxshilaydi va odamlarga Sharm El-Shayxning go’zal joylariga sayohat qilish imkoniyatini beradi! Parvozlar haftaning seshanba kunlari amalga oshiriladi.