Feb 02, 13:54
"Farg‘ona xalqaro aeroporti"MCHJda rasmiy spotting-turi bo‘lib o‘tdi.

"Farg‘ona xalqaro aeroporti"MCHJda rasmiy spotting-turi bo‘lib o‘tdi 01-may kuni "Farg‘ona xalqaro aeroporti"MCHJda ikkinchi bor rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent, Namangan, Farg'onadan 14 nafar aviafotograflar ishtirok etdi. Uchuvchilar havo kemasidan turib Spotterlarni qo'llab quvvatlashi ishtirokchilar ko'tarinki kayfiyat bag'ishlashdi va chiroyli rasmlarni qo'lga kiritish imkonini berdi. Aviatsiya ixlosmandlari Farg'ona - So'x yo'nalishida uchadigan kam sonli An-2 va o'quv mashg'ulotlari uchun ajratilgan An2- samolyotilariga alohida qiziqish bildirishdi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ilk rasmiy aviaspotting 2021-yil 22-oktyabrda boʻlib oʻtgan va bu hodisa Oʻzbekistonda rasmiy spottingni boshlab bergan edi. Shuningdek, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unda spotting-turlarini doimiy ravishda o‘tkazish nazarda tutilgan.

Boshqalar