Feb 02, 15:24
FАRGʼONА XАLQАRO АEROPORTI PАNDEMIYADАN HIMOYALАNISH CHORАLАRINI KOʼRMOQDА

 

      Fargona xalqaro aeroporti Respublikamizda mavjud karantin qoidalariga amal qilish tartiblarini kuchaytirish va har qanday kongilsiz holatlarning oldini olish maqsadida viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markaziga zamonaviy teplovizor uskunasi uchun buyurtma bergan bolib, mazkur masalada markaz mamuriyatiga xat bilan murojat ham qoldirilgan edi. Ayni kunlarda ayni masala ozining ijobiy yechimini topdi, yani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan mazkur qurilma Fargona xalqaro aeroportiga taqdim etildi. Bu esa o’z navbatida karantin tartiblarining yumshatilishiga va kasalliklarning oldini olishda qo’l kelishi bilan ahamiyatlidir.  Ma’lumot o’rnida aytish joizki, aeroport hududida shu kunga qadar bitta shu turdagi tibbiy qurilmadan foydalanilayotgan edi. Viloyatga tashrif buyuruvchi mijozlar tana haroratini nazorat qilish imkonini beruvchi mazkur qurilma bir qator afzalliklarga ega bo’lib, qurilma yordamida bir vaqtning o’zida 5 va undan ortiq yo’lovchining tana haroratini tekshirish imkoni mavjud.  Shuningdek, agarda xavf holatini sezgan taqdirda tana harorati yuqori shaxsning ma’lumotlari ba’zaga rasmi va harorati haqida ma’lumot tarzida kelib tushadi. Bu esa ayni pandemiya sharoitida ijtimoiy masofa saqlangani bilan, atrofdagilarga xavf tugʼdirmasligi bilan qoʼl keladi. Endilikda aeroport hududidan uchish uchun tashrif buyurgan mijozlar salomatligi haqida ham ma’lumotlar mazkur qurilma yordamida aniqlash mumkin. Bu esa ushbu ma’lumotlarni ba’zada saqlash va zarurat tug’ulgan holatlarda foydalanish uchun qo’l keladi. Shu o’rinda viloyatimiz havo darvozasi  tibbiyot hodimlari tomonidan 4 ta masofali termometrlardan ham pandemiya qoidalariga amal qilish maqsadida foydalanib kelinmoqda.

 Fargʼona xalqaro aeroporti matbuot xizmati

 

 

Boshqalar