Jan 24, 07:56
Farg`ona xalqaro aeroporti xodimlari davlat tilida ish yuritishni o`qitish markazining sertifikatlariga ega bo`ldi.

Xabaringiz bor bugungi kunda Respublikamizda davlat tilining mavqeini oshirish va rivojlantirish bo`yicha qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan ham ushbu masalada qator farmon va qarorlar chiqarilgani bugun ushbu masala davlat siyosti darajasiga ko`tarilganidan dalolat bermoqda.   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli "Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hamda 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-sonli "Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Farg`ona viloyati hududiy boshqarma va tashkilotlar vakillari uchun o`quv seminarlari tashkil etilgan edi. Mazkur o`quv kurslarida Farg`ona xalqaro aeroporti ishchi-xodimlari malakasini oshirish ham belgilangan bolib, yakuniga yetgan o`quv mashg`ulotlari yakunida bir qancha xodimlarning olgan bilimlari imtixondan o`tkazilib, ularga sertifikatlar topshirildi. Jumladan, mazkur malaka oshirish kurslarida aeroport xodimlaridan Imomaliyeva Feruzaxon hamda Oparinova Zulfizarlar yuqori ball bilan mazkur o`quv kurslarini yakunladilar. Ularga malaka oshirish markazi tomonidan sertifikatlar ham topshirildi.

                                                                              Farg`ona xalqaro aeroporti matbuot xizmati.

Boshqalar