"Farg‘ona xalqaro aeroporti" yo‘lovchilarga yanada qulay va zamonaviy sharoitda xizmat ko‘rsatadi. Yangi jo‘nab ketish zali qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi.
🔹 Yangi zal umumiy 1550 kv.m maydonga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 550-600 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. Bu esa uchta xalqaro reysga bir vaqtda xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
🔹 Ilgari mavjud bo‘lgan 450 kv.m zal esa faqat 200-220 nafar yo‘lovchini qamrab olgan edi.
🔹 Binoda zamonaviy hojatxonalar, ikkinchi qavatda esa kafe va kutish joylari mavjud.