Feb 02, 16:58
✈️Farg'ona xalqaro aeroportida 14-yanvar O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi.

Farg'ona xalqaro aeroportida 14-yanvar O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi.

 

🎼👨🏻️🧑🏻🚒 Tadbirda Aeroport ishchi-xodimlari va hamkor xizmatlar vakillari ishtirok etishdi.

🧑🏻🦰👩🏼🦰 Aeroport ayollari jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan sahna ko`rinishlari va san'at jamoalarining chiqishlari bayramga o'zgacha ruh baxsh eta oldi.

 

💃🏼🕺🏼 Shuningdek, tadbir davomida yosh harbiylarning chiqishlari yigilganlarda katta ta'surot qoldirdi.

🎬🎤Jajji san'at vakillari tomonidan kuylangan kuy-qo'shiqlar esa kishilar ko'ngliga bayramona kayfiyat baxsh eta oldi.

 

🎖🏅Aeroport rahbariyati tomonidan bir guruh soha vakillarining xizmat davomida ko'rsatgan fidokorona mehnatlari inobatga olinib, esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

 

👨🏻💼👨🏻🎓Tadbir yakunida Aeroport mutasaddilari so'zga chiqib, bugungi bayram bilan barchani qutlab, yurt ozodligi va faravonligi barchamizning sharafli burchimiz ekanligini yana bir bor  ta'kidlab o'tdilar.

 

Farg`ona xalqaro aeroporti matbuot xizmati. @fegairport

Boshqalar