Sep 19, 11:46
Fargʼona xalqaro aeroportida “Аrmiya 2020” harbiy oʼyinlari qatnashchilarini kuzatish marosimi boʼlib oʼtdi.

Xabaringiz bor viloyatimizda nufuzli xalqaro “Аrmiya 2020” musobaqalari oʼtkazilishi munosabati bilan Rossiya Federeratsiyasi hamda Belorus Respublikasidan harbiy potrul musobaqasiga qatnashuvchi jamoa vakillari tashrif buyurishgan edi. Bellashuvlar oʼz yakuniga yetgach ishtirokchilarni Fargʼona xalqaro aeroportida karantin meʼyorlariga amal qilgan holda kuzatish marosimi boʼlib oʼtdi. Аeroport maʼmuriyati tomonidan mazkur kuzatish tadbirlarida mehmonlar va mussasada faoliyat olib borayotgan ishchi-xodilar salomatliklarini saqlash va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʼyicha tizimli ishlar tashkil etildi. Dastavval, har bir yoʼlovchi dezinfeksiya tunellari orqali hududga tashrif buyurishgan bo’lsa, so’ngra ularning tana haroratlari maxsus teplovizorlar yordamida o'lchanib, tibbiyot xodimlari tomonidan antiseptetiklar yordamida zararsizlantirish ishlari amalga oshirilib yangi tibbiy niqob va qo’lqoplar taqdim etildi. Har bir yoʼlovchi yuklari esa maxsus tekshiruvlardan oʼtkazildi. Mudofaa vazirligi hamda Аeroport maʼmuriyati tomonidan har bir yoʼlovchi salomatligini saqlashni inobatga oluvchi talablar bajarilishi yuzasidan alohida nazorat tashkil qilinganini ham alohida taʼkidlash joiz.

  Yurtimiz mehmonlariga aeroport hududida oʼzlarini erkin his qilishlari uchun ularga barcha zaruriy ehtiyoj choralari ham koʼrilgan boʼlib, safar tayyorgarligi oldididan ular aeroportda mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʼldilar. Bu esa ularda katta taassurot qoldirganligi bilan eʼtiborlidir.

  Shu kuni mehmonlar uchib ketuvchi Rossiya havo kuchlari tasarrufidagi  “IL 76” desant tashuvchi samalyoti muvaffaqqiyatli qo’nishni amalga oshirdi. Havo kemasi maxsus tehnik koʼriklardan oʼtkazilgach, musobaqa tashkilotchilari tomonidan hamdoʼst mamlakat harbiy sportchilariga sovgʼa salomlar taqdim etildi.

Boshqalar