Feb 02, 13:54
Farg‘ona xalqaro aeroportida birinchi rasmiy spotting-tur bo‘lib o‘tdi

29-sentyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida ilk bor rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan 15 nafar aviafotograf qatnashib, samolyotlarning uchish va qo‘nishlarini suratga olishdi.

 

Farg‘ona aeroportidan tashqari, kunning ikkinchi yarmida spotting ishtirokchilari Sox aeroportida ham samolyotlarni kuzatishdi. Aviatsiya ixlosmandlari bugungi kunda tobora kamayib borayotgan An-2 va Il-76 kabi oldingi avlod samolyotlariga alohida qiziqish bildirishdi. Ta’kidlash joizki, Farg‘onadagi birinchi spotting O‘zbekiston harbiy havo kuchlari ko‘magida tashkillashtirilib “Uzbekistan Airports” aviakompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan yettinchi rasmiy aviaspotting bo‘ldi. Sakkizinchi spotting-tur joriy yilning 16-oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ilk rasmiy aviaspotting 2021-yil 22-oktyabrda boʻlib oʻtgan va bu hodisa Oʻzbekistonda rasmiy spottingni boshlab bergan edi. Shuningdek, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unda spotting-turlarni doimiy ravishda o‘tkazish nazarda tutilgan.

 

https://t.me/fergana_uzairports

Boshqalar