Nov 26, 06:49
Farg`ona xalqaro aeroportida Farg’ona-Minsk yo’nalishida parvoz amalga oshirildi

 

  Farg`ona-Minsk yo’nalishi bo’ylab amalga oshirilgan mazkur qatnovda 191 nafar hamyurtlarimiz Belorussiya Respublikasiga uchib ketishdi.

 Mazkur qatnov uchun aeroportda karantin talablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy masofani nsaqlagan holda yo’lovchilarni harakatlanishlari ta’minlanib, Xalqaro parvoz uchun maxsus tibbiy ma’lumotnomalar mavjudligi tekshiruvdan o’tkazildi. Unga ko’ra hozirda Belorussiya Respublikasiga tashrif buyuruvchi chet el fuqarolaridan COVID 19 virusiga PZR usulida manfiy ko’rsatkichli 72 soatdan ko’p bo’lmagan holda amal qiluvchi tibbiy ma’lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo’lishi talab etiladi.

 “Belavia” aviakompaniyasi xizmat ko’rsatuvchi mazkur aviaqatnov uchun(BRU9751/9752 reys nomeri) BOEING737-800 samalyoti 11:58 da Farg’ona xalqaro aeroportiga kelib qo’ndi. Farg`onadan Minsk shahriga 13:20 da parvozni amalga oshirdi.

 Ma’lumot o`rnida yo’lovchilar oqimini inobatga olgan holda kelgusida xaftaning turli kunlarida Farg`ona-Minsk yo’zalishi bo’yicha parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

                                                                                                                   Farg`ona Xalqaro aeroporti matbuot xizmati

Boshqalar