Sep 19, 11:43
Farg‘ona xalqaro aeroportida fuqaro aviatsiyasini tashkil etishda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik talablariga rioya qilish masalalari yuzasidan qo‘shma o‘quv seminari tashkil etildi.

Farg‘ona xalqaro aeroportida butun dunyoda hukm surib turgan epidemiologik vaziyatda fuqaro aviatsiyasini tashkil etishda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik talablariga rioya qilish masalalari yuzasidan qo‘shma o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu o‘quv seminarining asosiy mavzusi mahalliy va xalqaro aviaqatnovlar vaqtida yo‘lovchilar salomatligini saqlash va “COVID-19” virusi tarqalishining oldini olish va uning ilk alomatlari aniqlanganda qanday harakatlanish masalalari haqida bo‘ldi. Tadbirda aeroport ishchi xodimlari, ichki ishlar, milliy gvardiya, chegara qo‘shinlari xizmatchilari hamda sog‘liqni saqlash, epidemiologiya osoyishtalik markazi va'killari ishtirok etishdi. O‘quv yig‘ini avvalida aeroport direktori o‘rinbosari Mirodil Mukaramovich yig‘ilganlarga aeroport rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan ichki nizomlar va tartib qoidalar bilan tanishtirish asnosida, ularga kelajakda ham bu yo‘nalishda bahamjihatlikda faoliyat olib borilishi haqida tavsiyalar berdi. Shundan so‘ng tibbiyot hodimlari tomonidan o‘quv seminarlari o‘tkazilidi. Aviaqatnovlar mobaynida barcha tuzilma xizmati vakillari qay yo‘sinda faoliyat olib borishlari amaliy chiqishlar orqali yig‘ilganlarga tushuntirildi. Bunga ko‘ra, aviatsiya xizmat ko‘rsatish talablari avvalgidek saqlanib qolgan, COVID-19 pandemiyasi sharoitida yo‘lovchilarning aeroport hududida qat'iy karantin talablariga rioya etgan holda harakatlanishlari, xizmatlardan foydalanish vaqtida barcha ko‘rsatmalarga amal qilishlari zarur bo‘ladi. Shuningdek, uchib ketish va uchib kelgan yo‘lovchilar muassasa hududiga tashrif buyurgan vaqtlarida teplovizorlar yordamida tana harorati o‘lchanib, maxsus dezinfeksiya tunellaridan o‘tkazilgan holda antiseptetiklar yordamida tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Har bir yo‘lovchiga aeroport hududiga tashrifi mobaynida yangi tibbiy niqob va qo‘lqoplar beriladi. Qolaversa, yosh bolali, nogiron va yoshi katta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar barcha zaruriy yordam berib borishadi. Aeroport hududida buning uchun barcha sharoitlar hozirlab qo‘yilgan. Shuningdek, koronavirus infeksiyasi a'lomatlari gumon qilingan yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sog‘lomlashtirish bo‘limida maxsus “koranvirusga gumon qilinganda birinchi yordam” burchagi tashkil qilinib, u yerda zaruriy dori-darmonlar va tibbiyot jixozlari mavjud. Seminar qatnashchilariga tibbiyot hodimlari tomonidan kasallik yuqishi xavfini qanday kamaytirish mumkinligi va xizmat davomida yo‘lovchilar salomatligini asrashda nimalarga e'tibor berish kerakligi atroflicha tushuntirib o‘tildi.

    Kelgusida, bu kabi qo‘shma o‘quv seminarlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etish aeroport ma'muriyati tomonidan rejalashtirilgan.

Boshqalar