Feb 02, 13:53
Farg'ona xalqaro aeroportida Navro‘z bayrami nishonlanmoqda

Fotoko‘rgazma, milliy liboslar ko‘rgazmasi va raqs shousi – aeroportimizda bahor bayrami unutilmas bo‘ldi.

 

Kuni kecha “UZBEKISTAN airports” AJ Farg‘ona xalqaro aeroportida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin Navro‘z” bayrami zamirida xalqimizning qadimiy urf odatlari milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan “Milliy liboslar millat ko‘rki” ko‘rik tadbiri o‘tkazildi.

 

Har qanday xaliqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi. Milliy liboslar milliy qadriyatlarimizning asosidir, millat qiyofasi, inson ko‘rki, millat ko‘zgusi va iftixoridir.

 

Tadbirni jozibali ko‘tarinki ruhida o‘tishida faol qatnashgan aeroportimiz xotin qizlari aeroport jamiyat hayotida jivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidolardir.

 

Atlas kiygan aviahodimlar, yani zebo sanamlar nafaqat aeroportimiz jamoasi balki butun jaxonga halqimizning qadimiy urf odatlarini, milliy qadriyatlarini, milliy liboslarimizni tarannum etishda faol ishtirok etishdir. Boy madaniyatimizni o‘zida mujassam etgan Milliy liboslar ko‘rigi tadbiri hammaga bahoriy kayfiyat ulashdi.

 

Tomoshabinning ko‘zida quvonch, yuzida tabassum, dillar yayradi.

Tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tishida yaqindan bizni qo‘llab quvvatlagan aeroport raxbariyatiga barcha hotin qizlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Boshqalar