Apr 25, 18:18
Farg‘ona xalqaro aeroportida yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm soxasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-sonli va 2018 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5584-sonli farmonlarida “Uzbekistan Airports” Aksionerlik Jamiyatining asosiy vazifalari sifatida yo‘lovchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta'minlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish, xamda aeroportlarda savdo, ovqatlanish, yo‘lovchilarga bank va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy obyektlar tarmog‘ini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirish belgilab o‘tilgan.

  Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida hozirgi kunda “Farg‘ona” xalqaro aeroportida yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Xalqaro standartlarga mos ravishda ayni pandemiya davrida ijtimoiy masofani saqlagan holda yo‘lovchilarga sifatli xizmatlarni tashkil etishni inobatga oluvchi loyihalar amaliyotga tatbiq qilindi. Xususan, aeroport aerovokzalida yo‘lovchilar oqimi inobatga olingan holda ro‘yxatga olish ustunlari soni mavjud 3 tadan 9 taga ko‘paytirildi. Bu esa, bir vaqtning o‘zida 3 ta aviaqatnov uchun xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

  Oxirgi yillarda aeroport ma'muriyati tomonidan yo‘lovchilar va ularni kuzatuvchi hamda kutib oluvchilar uchun qator qulayliklar yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Ana shunday ishlardan yana biri aeroport tashqi binosi hududida yangi inshoot qad rostladi. Ushbu yangi bino tashrif buyuruvchilarga aviachiptalar sotib olish, aviaqatnovlar haqida ma'lumotga ega bo‘lish, shuningdek, turli servis xizmatlari va tahoratxona-xojatxonalardan foydalanish imkonini beradi. 

  Shu bilan birga, Mahalliy uchib ketuvchi yo‘lovchilar kutish zalida 150 o‘rindiqli zal kengaytirilib, o‘rindiqlar soni 200 taga yetkazildi. Bu o’z navbatida mahalliy qatnovlar vaqtida yo‘lovchilar uchun kengroq imkoniyatlar yaratishda qo‘l kelishi bilan ahamiyatli.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabr PQ-3978-son,   “meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini tashkil etish maqsadida havo darvozasida xalqaro yuk tashuvlarini tashkillashda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun zaruriy ishlar doirasida zamonaviy muzlatgich (xolodilnik) qurib bitkazildi. Umumiy maydoni 312 kv metrni tashkil qiluvchi mazkur muzlatgich o‘zida -2° +6° haroratini saqlagan holda 120 tonnagacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash imkonini beradi. Muzlatgich tashqi sahnida yuk avtomashinalari orqali keltirilgan yuklariga xizmat ko‘rsatish uchun umumiy 84 kv metr maydon ham mavjud.

  Mazkur olib borilayotgan ishlar ko‘lamini kelgusida yanada kengaytirish Aeroport ma'muriyati tomonidan rejalashtirilgan.

Boshqalar