Hozirgi kunda barchamiz Respublikadagi mavjud epidemiologik vaziyatga moslashgan holatda ishlash va yashashga koʼnikishimiz zarurligi davlatimiz rahbari tomonidan ham alohida taʼkidlanamoqda. Аyni masalalar aeroport rahbariyati tavsiyasiga koʼra tashkil qilingan, aerovokzalning 1-qavatida joylashgan sogʼlomlashtirish boʼlimidagi “koronavirusga gumon qilinganda 1-yordam” burchagida oʼz aksini topgan. U sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan koronavirus infektsiyasining oldini olishda zaruriy dori-darmon vositalari hamda tibbiyot jihozlari bilan taʼminlangan boʼlib, “COVID-19” infektsiyasiga chalingan bemorlarga birinchi yordam koʼrsatish uchun zaruriy dori vositalarni oʼz ichiga oladi. Bular anafilaktik shok holati qayd etilganda oʼpka-nafas qisishining oldini oluvchi dorilar jamlanmasi, isitma va qon bosimining yuqorilashi hamda tushish holatida bemorlarga zaruriy hamda tinchlantiruvchi, ogʼriq qoldiruvchi darmonlar, tibbiy jihozlardan iboratdir. Shuningdek, birinchi yordam vaqtida kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida bemorga va yordam koʼrsatuvchi shifokor uchun himoya kombinzoni, resperator va tibbiy qoʼlqop hamda baxilalar, antiseptika vositalari, bemorga sunʼiy nafas uchun kerakli anjomlar mavjud. Hozirgi pandemiya davrida fuqarolar salomatligini saqlash va infektsiya tarqalishining oldini olishda barchamiiz maʼsulmiz.
Fargʼona xalqaro aeroporti maʼmuriyati