Respublikamizda mavjud Karantin talablaridan kelib chiqqan holda xorijdan tashrif buyuruvchi yo’lovchilarga aeroport uchib kelish zalida bankamat o’z faoliyatini boshladi. Ushbu qurilmani joylashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsad yo’lovchilarga ortiqcha sarsonliklarsiz, o’zlarida mavjud istalgan turdagi bank plastik kartalaridagi pullarini milliy valyutada naqdlashtirishni nazarda tutadi.
Xabaringiz bor O’zbekistonga uchib keluvchilarda parvozdan 72 soat avval olingan manfiy ko’rsatkichli PZR test tahlili bo’lishi talab etiladi. Bu haqida aeroport ma’muriyati tomonidan yo’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi avikompaniya vakillariga ogohlantirishlar ham yuborilgan. Ammo shunday bo’lgan taqdirda ham test tahlilisiz tashrif buyurgan yo’lovchilarda Respublika hududiga kirishlari uchun pullik tizimda mazkur test tahlillari Aeroport hudida olinishi belgilangan. Milliy valyutada xizmat ko’rsatuvchi tibbiy markazda to’lov bilan bog’liq muammolarni yechishni ko’zlagan mazkur qulaylik aeroport hududidagi kirish chegarasi oldiga joylashtirilgan va karantin to’liq amal qilgan holda bankomatlar oldida ijtimoiy masofani sqlagan holatda harakatlanish talabi mavjud, bu esa yorliqlar orqali ham yo’lovchilarni ogohlantirib turiladi. Ma’lumot o’rnida mazkur bakomatlar barcha turdagi bank plastik kartalariga xizmat ko’rsatadi va 24 soatlik ish tartibida faoliyat olib boradi.