Oct 21, 04:01
Farg’ona xalqaro aeroportiga Rossiyaning yirik “AZUR AIR” aviakompaniyasi tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi navbatdagi charter qatnovi amalga oshirildi.

Sankt-Peterburg shahridan parvoz qilgan Boing 739 havo kemasi bugun 28 sentyabr soat 8:23da Farg’ona xalqaro aeroportiga kelib qo’ndi.

Mazkur reys orqali 215 nafar hamyurtlarimiz sog'-salomat yetib kelishdi.

Ularga karantin talablaridan kelib chiqqan holda sifatli xizmat ko’rsatish ta’minlandi.

Fuqarolar yurtimizga qizil hudud (Rossiya)dan kirib kelgani bois, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo’yicha aeroport hududida barcha amaliy ishlar belgilangan tartibda amalga oshirildi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga manfiy ko’rsatkichli PZR test tahlili tekshirilib, maxsus talabnoma shartlari bilan tanishtirildi. Ushbu talabnomaga ko’ra, 14 kunlik uy sharoitida yoki mehmonxonalarda o’zini o’zi yakkalash tartibi mavjud.

Maxsus tibbiy ruxsatnomasi mavjud bo’lmagan fuqarolar uchib kelish zalining o’zida PZR tekshiruvidan o’tkazilishi uchun ham barcha sharoitlar hozirlab qo’yilgan.

Ushbu tekshiruvlar pullik bo’lgani sababli yo’lovchilarning mavjud xorijiy valyutalarini Milliy valyutaga almashtirish va istalgan turdagi viza plastik kartalaridan naqd pul olishlari uchun zarur imkoniyat yaratilgan.

Farg‘ona xalqaro aeroporti matbuot xizmativ

Boshqalar