Feb 02, 15:29
Farg’onadan Termiz shahriga ilk aviaqatnov amalga oshirildi.

Avval xabar berganimizdek 10 may sanasidan e’tiboran Termiz-Farg’ona muntazam aviaqatnovi yo’lga qo’yilgan edi. Ilk parvoz yo’lovchilari Dushanba ya’ni 10 may sanasida Termizdan Farg’onaga uchib kelishgan edi. 

13 may sanasidan e’tiboran esa har payshanba Farg’onadan Termizga qatnovlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan bo’lib, bugun mazkur qatnovning ilk yo’lovchilari Farg’ona xalqaro aeroportidan Termiz tomon kuzatildi. 

 

Mazkur reys orqali safar qilayotgan amerikalik sayyohlar ham tashkil etilgan qatnovdan mamnun ekanliklarini yashirib o’tirishmadi. Boisi, masofa va vaqt tejalishi ayni muddao bo’layotgani ularni quvontirmoqda.

 

Ma’lumot uchun mazkur qatnov parvozlari xaftaning har dushanba Termiz-Farg’ona va har payshanba kunlari esa Farg’ona-Termiz yo’nalishida muntazam amalga oshirilishi belgilangan.

 

Farg’ona xalqaro aeroporti matbuot xizmati.

Boshqalar