Oct 21, 03:22
Fuqarolarga Vatanga qaytib kelishida qulay sharoitlar yaratish maqsadida «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan repatriatsiya qatnovlarini rejalashtirgan

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Vatanga qaytib kelishida qulay sharoitlar yaratish maqsadida «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi  Sankt-Peterburgdan Samarqand, Farg‘ona, Termiz va Urganch shaharlariga quyidagi jadval bo‘yicha  repatriatsiya qatnovlarini rejalashtirgan  (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

2020-yil 05-oktyabr HY3640 Sankt-Peterburg – Samarqand 12.40/19.30

2020-yil 06-oktyabr HY3636 Sankt-Peterburg – Farg'ona 01.40 / 08.45

2020-yil 06-oktyabr HY3712 Sankt-Peterburg – Termiz 15.20 / 22.30

2020-yil 07-oktyabr HY3638 Sankt-Peterburg - Urganch 04.55 / 11.15

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan O'zbekistonga parvoz qilish faqat PCR tekshiruvidan o'tganligi to'g'risidagi  (qatnov jo'nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) ma’lumotnoma taqdim etilgan holda ruxsat berilishiga e'tibor qaratishingizni so'raymiz. PCR ma’lumotnomasi bo'lmagan yo'lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo'yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya Farg'ona xalqaro eroporti aviakassalaridan xarid qilishingiz mumkin. Ma'lumot uchun tel: 73-241-60-05

 Manba: uzairways.com

Boshqalar