Feb 02, 13:57
"Haj-2025" dasturi doirasidagi ilk ziyoratchilar "Farg‘ona xalqaro aeroporti"ga yetib keldi!

2025-yil 17-iyun kuni "Farg‘ona xalqaro aeroporti" MChJda "Haj-2025" dasturining ilk reysi tantanali kutib olindi. Saudiya Arabistonining Jidda shahridan qaytayotgan yurtdoshlarimiz sog‘-salomat Vatanga qaytib keldi.

Kutib olish marosimida Farg‘ona viloyati hokimligi, Diniy qo‘mita vakillari, mas’ul tashkilotlar xodimlari hamda ziyoratchilarning oila a’zolari va yaqinlari ishtirok etdilar. Ziyoratchilarimizni iliq so‘zlar, samimiy tilaklar va oq yo‘l duolari bilan kutib olishdi.

“Haj-2025” dasturi doirasida qolgan yurtdoshlarimiz ham 22-iyun kuniga qadar shunday tartibda kutib olinadi.

Qilgan ibodat va amallaringiz Yaratganning dargohida qabul bo‘lsin! Aziz mehmonlar, yurtimizga xush kelibsiz!

Hurmat bilan,

"Farg‘ona xalqaro aeroporti" jamoasi

Boshqalar