Feb 02, 13:57
Ikki aviakompaniya Eron ustidagi havo hududi yopilganligi sababli O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to'xtatdi

"Flynas" va "Qeshm Air" aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to'xtatdi.

 

Bugun, 2-oktyabr kuni quyidagi reyslar bekor qilindi:

- "Flynas" aviakompaniyasining KNE633/634 Jidda – Toshkent – ​​Jidda va KNE651/652 Jidda – Namangan – Jidda yo'nalishida;

- "Qeshm Air" aviakompaniyasining QSM2143/2142 Tehron – Toshkent – ​​Tehron yo'nalishida.

 

Ushbu reyslar haqida batafsil ma'lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Boshqalar