Apr 25, 05:36
Kasb bayrami munosabati bilan bir guruh ichki ishlar xodimlariga esdaslik sovg'alari va faxriy yorliqlar topshirildi

Farg’ona xalqaro aeroportida "Ichki ishlar xodimlari kuni" munosabati bilan bir guruh soha vakillari Aeroport rahbariyati tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. O’zining kasbiga sadoqati va ish xizmati davomida fidoiylik ko’rsatgan Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi transportda xavfsizlikni ta’minlash bo’limi safdorlariga bugun e’tibor ko’rsatilib, taqdirlash marosimi tashkillandi. Unda aeroport direktori Timur Arabjonovich soha xodimlarini bayram bilan taqdirlab, ularga kelgusi ishlarida muvaffaqqiyat tiladi.

                                                                                                Farg`ona xalqaro aeroporti matbuot xizmati

Boshqalar