Feb 02, 12:31
“Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” yig‘ilish

"Farg'ona xalqaro aeroporti"MChJda O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuroturasi rahbariyati hamda Farg‘ona transport prokurori ishtirokida 2025-yilning sentyabr oyida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.

 Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi O.A.Xamroyev, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining katta yordamchisi adliya kichik maslahatchisi A.A.Majidov, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining katta yordamchisi adliya maslahatchisi X.M.Salixov va Farg‘ona transport prokurori adliya maslahatchisi I.A.Akbarovlar ishtirok etdilar.

Tadbir transport sohasida faoliyat olib borayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, korxona va tashkilotlar ishchi-xizmatchilari ishtirokida ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda “maishiy korrupsiya”ni tugatish chora-tadbirlarini belgilash” mavzusida, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Tadbir ishtirokchilari barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha yetarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Boshqalar