Feb 02, 13:53
O'zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaymiz!

1989-yil 21-oktabrdan boshlab har yili “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun O‘zbekistonda o‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu nafaqat filolog va tilshunos olimlar uchun muhim sana, bu bayram butun dunyo bo‘ylab o‘zbek tilida so‘zlashuvchi millionlab insonlarni birlashtiruvchi sana.

 

Bugungi kunda dunyoda 7151 ta til va lahjalar (dialekt) mavjud bo'lib, ulardan 400 dan ortig'i yo'qolib ketish xavfi ostida deb hisoblanadi va olimlarning fikriga ko'ra, 21-asrning o'rtalariga kelib mavjud tillarning yarmiga yaqini foydalanishdan chiqib ketadi. O'zbek tili bu ajdodlar va avlodlarni bir xalq sifatida birlashtiruvchi tarix, rivojlanish yo'li va millatning madaniy merosi. Yurtimizda har yili keng nishonlanuvchi til bayrami ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni avlodlarimiz uchun saqlashimiz kerakligini eslatib turadi.

 

O'zbek tilimiz hamisha muloqot, rivojlanish vositasi va madaniy merosimiz bo'lib qolsin. Ona tilimizni asrab avaylaylik! Bayramingiz muborak aziz do'stlar!

Boshqalar