O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviqatnovlarni “International Air Travel Bubble” Bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Joriy yilning mart oyidan boshlab, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi.
Parvozlar 5- mart sanasidan haftasiga ikki marotaba seshanba va juma kunlari bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.


