May 06, 21:23
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar vaqtinchalik qisqarmoqda

 

Epidemiologik vaziyat yomonlashuvi ortidan Turkiya hukumati tomonidan mamlakatda lokdaun e’lon qilinganligi sababli «Uzbekistan Airways» Turkiyaga bajariladigan quyidagi reyslarni bekor qiladi:

2021 - yil 14 - may kunidagi HY 273-274 Toshkent – Istanbul – Toshkent reysi;

2021 - yil 7, 10 va 14 - may kunlaridagi Samarqand – Istanbul – Samarqand reysi;

2021 - yil 1, 5, 8, 12, 15 - may kunlaridagi Farg‘ona – Istanbul – Farg‘ona reysi;

2021 - yil 2, 9, 16 - may kunlaridagi Urganch – Istanbul – Urganch reysi.


Eslatib o‘tamiz, Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida kunduzgi HY 271-272 reyslar o‘zgarishsiz bajariladi.

Boshqalar