Nov 26, 05:27
"QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM!"

Farg’ona xalqaro aeroportida ana shu shior ostida bayram kechasi tashkillandi. Mazkur tadbir o’zbek tilining davlat tili sifatida qabul qilinganiga 31 yil to’lishi munosabati o’tkazildi. Yaqin yaqingacha ham ushbu sana o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgab kun sifatida eslangan bo’lsa, bugunga kelib ushbu kunni davlatimiz rahbari tomonidan  keng miqyosida bayram sifatida nishonlash belgilandi. Ana shu maqsadalarni ko’zlagan holda xalqaro aeroportda ham bayram kechasi ko’tarinki ruhda tashkillangani so’zimizning isbotidir.

 Faxriy mehmonlar va aeroport xodimlari hamda san’at jamoalari, jurnalistlar ishtirokida tashkil etilgan tadbirni Aeroport direktori Timur Arabjonovich ochib berdi. Shundan so’ng bayramning asosiy qismiga o’tildi. Unda so’z olganlar bugungi bayramning mohiyati va kechagi mashaqqatli tarixi haqida so’z yuritdilar. Filologiya fanlari doktori, professor Siddiq Mo’min yig’ilganlarga ona tilimizning qadr topgunga qadar boshdan kechirgan zalvorli tarixiga faktlar orqali nazar tashlab, bunda eng avvalo millat g‘ururi ham o‘rtaga tushgani va bugungi kundagi tilga munosabat xususida atroflicha fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shundan so’ng bayram kechasining badiiy qismiga navbat berilib, unda san’at jamoalarining chiqishlari yig’ilganlarda ko’tarinki kayfiyat bag’ishlagani bilan e’tiborlidir.

Bu kabi tadbirlarni tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad yurtimizda istiqomat qilayotgan, qay soha vakili bo’lmasin til millat ko’zgusi ekanligini teran anglashlari va boy ona tilimizning mavqeini oshirish har birimizning insoniy burchimiz ekanini anglatishga oz bo‘lsada hissa qo‘shishdan iboratdir.

Boshqalar