Feb 02, 17:03
Ra`no Jurayeva rahbarligida Respublika aeroportlari vakillari bilan online muloqot tashkil etildi

«UZBEKISTAN AIRPORTS» AJ boshqaruv raisi Ra`no Jurayeva rahbarligida Respublika aeroportlari vakillari bilan online muloqot tashkil etildi. Ra`no Frunzevna tadbir avvalida barcha qatnashchilarni muborak ramazon oyi bilan qutladi.

Bugungi kun aeroportlarini rivojlantirishda jahon standartlari asosidagi, bozor iqtisodiyotiga boysunuvchi zamonaviy islohotlarni amalga oshirish muhimdir. Bunda mutaxassislar fikrini o‘rganish va ular tomonidan o`rtaga tashlangan takliflari ustida ishlash samaralidir. Muloqotdagi bosh masala ham aynan shu kabilar bo‘ldi.

Dastavval Andijon aeroporti vakillari so`zga chiqdilar. Ular MCHJ faoliyatida uchrab turgan muammo va kamchiliklarni ochiq-oydin o‘rtaga tashladilar.

Shundan so`ng so‘z olgan Navoiy, Buxoro va Toshkent aeroporti vakillari  pandemiyada aviatsiya  sohasida paydo bo‘lgan iqtisodiy pasayish va tiklanayotgan aviaqatnovlar haqida, shuningdek, ish haqqi masalalariga to‘xtaldilar.

Farg`ona xalqaro aeroporti ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati xodimi Yegorov Maksim muloqotda muhim taklifni ortaga tashladi. Ya’ni aeroportda yo`lga qo`yilayotgan qatnovlar vaqtini tegishli aeroportning o‘zi belgilashi va bunda qatnovlarni yo`lovchilar oqimini inobatga olgan holda tashkil etish taklifi berildi. Taklif ijobiy kutib olinib, kelgusida tashkil etiladigan reyslarni bevosita aeroport bilan kelishilgan holda tuzish zarurligi aytib o`tildi.

Qolaversa, aeroport uchish-qo`nish yo`lagida kechiktirib bo`lmas zaruriy ta`mirlash ishlari uchun Germaniyada ishlab chiqarilgan “Barnit” mahsulotini kerakli miqdorda sotib olish uchun taklif ham ijobiy qabul qilindi.

Quyi tizimdagi muammolar va takliflarni organishga qaratilgan bu kabi uchrashuvlar Ozbekiston aeroportlarini jahonda yetakchi aeroportlar sirasiga kirgizish omillarini tahlil etadi.

Boshqalar