Feb 02, 13:53
“Rais kubogi” turniri o‘z nihoyasiga yetdi

2024-yil 20-oktyabr kuni “Uzbekistan Airports” AJ, tarkibiy korxonalari va xalqaro aeroportlarning yosh xodimlardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida futbol o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. 

 

Toshkent shahridagi “To‘qimachilik” stadionida avvaliga 3-o‘rin uchun Buxoro xalqaro aeroporti hamda “Uzbekistan Airports Handling” MChJ jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda 0:3 hisobida “Uzbekistan Airports Handling” MChJ jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.    

 

“Rais kubogi”ning final bosqichi Samarqand va Namangan xalqaro aeroportlari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Teng kurashda o‘tgan o‘yinning asosiy vaqtida jamoalar bir martadan hisobni ochishdi va g‘olib penaltilar seriasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penalti 4:3 hisobida Namangan xalqaro aeroporti foydasiga hal bo‘ldi.     

 

Tadbir yakunida “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi so‘zga chiqib, g‘oliblarni medallar bilan tabrikladi hamda birinchi o‘rin uchun 30mln so‘mlik va ikkinch o‘rin uchun 20mln so‘mlik vaucherlarni g‘oliblarga taqdim etdi. Shundan so‘ng, boshqaruv raisi “Rais kubogi”ni Namangan xalqaro aeroporti kapitaniga tantanali topshirdi. Bundan tashqari, eng yaxshi darvozabon, eng yaxshi hujimchi va eng yaxshi o‘yinchi naminatsiyalari aniqlanib 1mln so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlandi.   

 

Shuningdek, kompaniya boshqaruvi raisi, bunday tadbirlar muntazam ravishda har yili o‘tkazilishi haqida ta'kidlab o‘tdi.

Boshqalar