Nov 26, 06:21
Sadoqatingiz va mehringiz uchun tashakkur aziz tibbiyot xodimlari

Farg`ona xalqaro aeroportida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakilalari taqdirlandilar.

Aeroport direktori Timur Arabjonovich hozirgi tahlikali va og`ir vaziyatda insonlar salomatligini asrashda mardonavor mehnat qilayotgan Aeroport tibbiyot bo`limi xodimalarini kasb bayramlari bilan qutlab, ularga sog`lik-omonlik va kelgusi ishlarida zafarlar tiladi. Shundan so`ng rahbariyat xodimlari tomonidan mazkur sohada faoliyat olib borayotgan jonkuyar fidoiylarga tashakkurnomalar va esdalik sovg`lari topshirildi. Marosimida so’zga chiqqanlar o’zlarining iliq fikrlarni bildirishib, zahmatkash soha vakilalariga o`z tashakkurlarini bildirdilar.

Ma’lumot o’rnida aytadigan bo`lsak, bugungi kunda Farg`ona xalqaro aeroporti tibbiyot bo’limida jami 6 nafar oliy toifali xamshiralar faoliyat olib borishmoqda.  Xodimlarning asosiy vazifasi muassasada faoliyat olib boruvchi ishchi-xodimlarning salomatliklarini nazorat qilish, bugungi pandemiya davrida tashrif buyuruvchi va uchib ketuvchi yo’lovchilar tana haroratlarini tekshirish hamda uchib keluvchi va uchib ketuvchi yo’lovchilarga birinchi malakali tibbiy yordam ko’rsatishdan iborat. Shuningdek, Xalqaro parvozlar vaqtida tibbiy yordamga muxtoj yo’lovchilarni manzilga kuzatish va kutib olish ham tibbiyot xodimlari tomonidan sifatli amalga oshirib kelinmoqda.

Rspublikamizda va jahonda bugun hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda o`z sadoqatini ayamay insonlarga mehr va ko`mak berayotgan tibbiyot xodimlari har qancha e`tirofga va hurmatga loyiq aslida. Sizning bu mehnatlaringiz insonlar qalbiga yaxshilik va tanalariga salomatlik atalmish ulug` ne`mat jo bo`lishida muhim aziz shifokorlar.

 

 

Boshqalar