May 06, 21:36
SAYOHATCHILAR UCHUN YANGI YO`NALISHDAGI PARVOZLAR QATNOVI YO`LGA QO`YILMOQDA!

"Termez-Farg`ona-Termez" yo`nalishlari bo`yicha aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi.

Ichki turizm ixlosmandlari va ishbilarmon doira vakillari uchun juda qulay va o`ziga hos YANGI YO`NALISH qatnovlarini kutib oling. Noodatiy geografiyaga ega mazkur qatnovni tashkil etishdan ko`zlangan maqsad ko`hna Surxon vohasini Farg`ona vodiysi bilan yanada yaqinroq qilishdan iborat.

Eslatib o'tamiz, 10 may sanasidan boshlab haftaning har dushanba kunlari soat 10:45 da  Termezdan uchgan havo kemasi, 12:05 Farg`onaga kelib qo`nadi. Xaftaning har payshanba kunlari Farg`onadan 08:40 parvozni amalga oshirgan yo`lovchilar, Termezga 10:10 da yetib boorish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Mazkur qantov uchun chiptalarni Fargʻona xalqaro aeroporti aviakassasidan sotib olishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun 73-241-60-05, 73-241-60-04 raqamlariga yoki https://ferganaairport.uz manzilidagi qabul botiga murojaat etishingiz mumkin!

Boshqalar